Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining 21-turi doirasida 7 ta uchrashuvga yakun yasaldi. “Bunyodkor” va “Obod” klublari o‘rtasidagi Toshkent derbisi bugun — 10-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.
21-tur mamlakatning amaldagi chempioni “Paxtakor”ning Bekoboddagi mag‘lubiyati bilan boshlangandi. Keyinchalik “Neftchi” Farg‘onada “Mash’al”ga imkoniyatni boy berdi.
Chempionlik uchun kurash olib borayotgan “Lokomotiv” yaqindagina 3 ochkosi olib qo‘yilgan “Sho‘rtan” ustidan yirik hisobda zafar quchdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi prinsiplariga to‘g‘ri kelmayotgan Oliy Liga to‘purari Temurxo‘ja Abduxoliqov G‘uzor klubi darvozasini ishg‘ol eta olmagan bo‘lsa-da, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
“Nasaf” o‘z maydonida Buxoro viloyati klubiga imkoniyat qoldirmadi. Artur Gevorkyan va Erkin Boydullayev jamoani tark etganidan buyon Qarshi klubi yo‘qotishlarsiz bormoqda. Ularning o‘rniga safga qo‘shib olingan legionerlardan Dragan Cheran gollardan biriga mualliflik qilgan bo‘lsa, Ognen Krasich ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
O‘zbekiston Oliy Ligasi 21-tur bellashuvlari 9-sentabr, juma
Izoh (0)