Sirdaryo viloyatidagi Guliston tumani markaziy shifoxonasi qayta rekonstruksiya qilindi. 155 o‘ringa mo‘ljallangan 10 bo‘limdan iborat tibbiyot muassasasida bemorlarni davolash uchun barcha qulaylik yaratilgan, deya xabar bermoqda O‘zA.
Investitsiya dasturi asosida tuman markaziy shifoxonasining 3 qavatli asosiy binosini tubdan rekonstruksiya qilish uchun 2 milliard 400 million so‘m mablag‘ sarflandi. Shifoxonaning davolash majmuasi uchun alohida 2,5 ming kub metrlik suv inshooti o‘rnatildi.
“Tumanimizda mazkur shifoxonadan tashqari 180 o‘ringa mo‘ljallangan ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi, 18 qishloq vrachlik punkti faoliyat yuritmoqda va ularda 76 shifokor, 795 o‘rta tibbiyot xodimi aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda. 2015-yilda investitsiya dasturiga ko‘ra, tuman markaziy shifoxonasining tug‘ruq bo‘limida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan edi. Bu yil tubdan rekonstruksiya qilingan shifoxonamiz tibbiy uskunalar bilan to‘liq ta’minlandi”, — deydi tuman tibbiyot birlashmasi salomatlik markazi shifokori Bahodir Rahmonov.
Izoh (0)