AQShning Apple kompaniyasi haydovchisiz avtomobil ishlab chiqishga qaratilgan Titan loyihasining bir qancha bo‘linmalarini yopdi va u yerdagi o‘nlab xodimlarni ishdan bo‘shatdi. Bu haqda, The New York Times ma’lumotlariga asoslanib, “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
“Bu qisqartirishlar haydovchisiz avtomobillar loyihasi boshdan kechirayotgan qiyinchiliklarning yana bir belgisidir. Kompaniya oxirgi ikki yil mobaynida loyihaga resurslar qo‘shayotgan edi, lekin bu jiddiy yutuqlarga olib kelmadi”, — ma’lum qildi gazeta manbalaridan biri.
Apple 2020-yilga qadar haydovchisiz avtomobil chiqarishni rejalashtirayotgan edi.
Izoh (0)