Professional boksning superog‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko amaldagi chempion Tayson Fyuriga qarshi revansh jangni 29-oktabr kuni o‘tkazadigan bo‘ldi.
“Chempionat” ma’lumotiga ko‘ra, jang Manchester shahridagi “Manchester Arena”da tashkil etiladi. Ma’lumotni kichik Klichko Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ham tasdiqlagan.
Jang shu yilning 9-iyul sanasida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Kutilmaganda oyog‘idan lat yegan Tayson Fyuri sabab u biroz ortga surilgandi. Jang uchun sotib olingan chiptalar 29-oktabrdagi jang uchun ham o‘z kuchini saqlab qoladi.
Izoh (0)