“Tolibon” radikal guruhi jangarilari Afg‘onistonning Uruzgon viloyati markazi — Tarin Kovtga hujum qildi. Bu haqda BFMTV xabar berdi.
Shaharda to‘qnashuvlar davom etmoqda. Mahalliy qabila oqsoqollaridan biri — Hoji Bari Da’d hujum qilganlar markaziy tumanga kirishga urinayotganini aytdi. U yerda politsiya boshqarmasi va maxsus xizmatlar binolari bor.
“Jangarilar shahar qamoqxonasidagi o‘z tarafdorlarini ozod qilishga urinsa kerak”, — dedi u.
Izoh (0)