Xalqaro futbol uyushmasi FIFA asli kosovolik bo‘lgan Granit Jaka, Jerdan Shaqiri hamda Valon Bexramiga o‘z vatani termasida o‘ynash uchun ruxsat bermadi.
Bunga sabab sifatida mazkur futbolchilarning 13-may sanasidan keyin ham boshqa termalar safida maydonga tushgani ko‘rsatilgan.
13-may kuni Kosovo FIFA a’zosiga aylangandi. Yuqorida nomlari keltirilgan futbolchilar esa Yevro—2016 turnirida boshqa terma jamoa safida maydonga tushgan.
13-may sanasidan keyin boshqa mamlakat termasida o‘ynamagan olti nafar futbolchining Kosovo safiga qo‘shilishiga FIFA e’tiroz bildirmadi. Ular orasida Norvegiya safida o‘yinlar o‘tkazgan Valon Berishi ham bor.
Kosovo o‘zining ilk rasmiy uchrashuvini 5-sentabr kuni JCh—2018 saralashi doirasida Finlyandiyaga qarshi o‘tkazib, 1:1 hisobiga imzo chekkandi. O‘yinga bir necha daqiqa qolganida FIFA Kosovoga qadar boshqa termada 13-mayga qadar o‘ynagan olti nafar futbolchining so‘roviga ijobiy javob qaytargan.
Izoh (0)