Hindiston prezidenti Pranab Kumar Mukerji yirik soliq islohotiga yo‘l ochuvchi konstitutsion o‘zgartishni tasdiqladi. Unga ko‘ra, tovar va xizmatlarga yagona soliq joriy etiladi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Konstitutsion o‘zgartish loyihasi 16 shtat qonunchilik assambleyalari tomonidan ma’qullanganidan so‘ng prezident uni imzoladi.
Endi hukumat islohot kengashini tashkil etib, zaruriy qonunchilik bazasini shakllantirishga kirishadi. Shundan so‘ng mamlakat parlamenti umummilliy va mintaqalararo, shtatlar parlamentlari esa mintaqaviy qonunlarni qabul qiladi. Qonun loyihalari qishki sessiyada tasdiqlanib, 2017-yil 1-aprelidan kuchga kirishi kutilmoqda.
Izoh (0)