Amerikalik tibbiyot xodimlari go‘dakning kindik qonida sepsis va bezgak terapiyasi uchun foydali jihatlar borligini aniqladi. The Journal of Clinical Investigation jurnalida chop etilgan tadqiqotning qisqacha mazmunini EurekAlert! nashri keltirmoqda.
nNIF (neonatal NET inhibitory factor) moddasi — neonatal NET-ingibatsiyalovchi omil ikki haftalik bola qonida aylanib yuradi; u yoshi katta va keksa insonlar qonida uchramaydi. Moddaning ta’siri yallig‘lanishni to‘xtatish qobiliyatiga asoslangan bo‘lib, bu NET (Neutrophil Extracellular Trap) — hujayra tashqarisi neytrofil tuzog‘i neytrofillari tomonidan keltirib chiqariladi.
Bundan tashqari, bezgak va sepsis chog‘ida NET qayta ishlab chiqarilishi kuzatiladi, buning natijasida qon tomirlari va ichki organlarga zarar yetishi mumkin.
Olimlar kemiruvchilarda tajriba o‘tkazib ko‘rdi. nNIF moddasi bilan ishlov berilgan kemiruvchilarning 60 foizi ikki kundan ko‘proq yashadi. Qolgan sichqonlar orasida bu ko‘rsatkich 20 foizga teng bo‘ldi.
Izoh (0)