Venesueladagi iqtisodiy inqiroz Karakas va boshqa shaharlar ko‘chalarida uysiz mushuklar va itlarning keskin ko‘payib ketishiga olib keldi. “RBK”ning AP’ga tayanib ma’lum qilishicha, oxirgi oylarda itlar yemishining narxi ikki barobar o‘sgani, ayni paytda bunday yemishning bir funti kamida 2 dollar (ko‘pchilik venesuelaliklarning bir kunlik daromadi) turgani bois odamlar itlar va mushuklardan qutulmoqda.
Odatda jonivorlar shunchaki ko‘chaga tashlab ketiladi. Poytaxt ko‘chalarida ozib ketgan itlar va mushuklar juda ko‘p uchraydi. Uy jonivoriga mehr qo‘ygan insonlar ularni rasmiy boshpanalarga topshirmoqda.
Boshpanalar to‘lib ketgani bois bunday muassasalar rahbariyati maxsus kurslar tashkil etib, it va mushuk egalariga qimmatlashib ketgan yemishni qanday qilib arzonroq oziq-ovqat bilan almashtirishni o‘rgata boshladi. Eng mashhur muqobillardan biriga parranda yemishi aylandi, ammo oxirgi kunlarda uning ham narxi osha boshladi. Shu sababdan jonivorlariga qattiq mehr qo‘yganlar ham ularni topshirishga yoki qo‘yib yuborishga majbur bo‘lmoqda.
Izoh (0)