Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Agence France Presse xalqaro axborot agentligi Shimoliy Koreyada o‘z byurosini ochdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: AFP

Foto: AFP

AFP KXDRning rasmiy axborot agentligi — Koreya markaziy telegraf agentligi bilan bitim tuzgani sabab, ushbu mamlakatda o‘z bo‘limini ochishga muvaffaq bo‘lgan.

Mazkur bitim sharofati bilan, AFP Shimoliy Koreyaga muntazam ravishda yozuvchi jurnalistlarni, fotomuxbirlarni va videooperatorlarni yuborish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Bundan tashqari, KXDRda AFP’da tahsil ko‘rgan shimoliy koreyalik fotosuratchi va videochi ham faoliyat olib boradi (videochi muntazam ravishda videoma’lumotlarni tayyorlab berishi zarur).

Shimoliy Koreya hamon jurnalistlar uchun eng yopiq mamlakatlardan biri hisoblanadi. Jahon axborot agentliklari orasida hozirgacha faqat Associated Press’ning KXDRda vakolatxonasi bor edi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi binosi qizil bo‘yoqqa bo‘yaldi (video)
Dunyo
“Zelenskiy NATOga ariza topshirib, dunyoga uchinchi jahon urushini taklif qilmoqda” — Dmitriy Medvedev
Dunyo
“Biz muloqotga tayyormiz, ammo boshqa prezident bilan” — Zelenskiy Rossiyada prezident almashsagina muzokaralar stoliga qaytishini ta’kidladi