AQSh Senati Zika virusining tarqalishiga qarshi kurashishga mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishini to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Mazkur ehtiyojlarga 1,1 milliard dollar ajratilishini ko‘zda tutgan qonunni tasdiqlash bo‘yicha ovoz berish jarayonida faqat 52 senator yakuniy qabul qilish uchun ovoz berdi. Zarur bo‘lgan ovozlar miqdori esa 60 tani tashkil qiladi.
“Demokratlar ushbu qonun loyihasini bloklab qo‘yish uchun anonim ovoz berdi”, — ma’lum qildi The Hill nashri.
AQSh prezidenti Barak Obama tarafdorlari qonun loyihasida ko‘rsatilgan mablag‘ning kamligidan norozilik bildirmoqda. AQSh ma’muriyati bu maqsadga kamida 1,9 milliard dollar ajratilishi lozimligini aytgan edi.
Izoh (0)