Tailand janubidagi Naratxivat provinsiyasida yuz bergan portlash oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, sakkiz kishi jarohat oldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Yaralanganlar orasida to‘rt nafar politsiya xodimi va bolalar ham bor. Reuters agentligining ma’lum qilishicha, portlovchi qurilma mototsiklga yashirilgan bo‘lib, portlash boshlang‘ich maktab yaqinida sodir bo‘lgan. Bomba maktab o‘qituvchilarini kuzatib borayotgan politsiya patruli yo‘ldan o‘tayotganda yuz bergan.
Agentlikning ma’lumotiga ko‘ra, besh yoshli qizcha va uning otasi halok bo‘lgan.
Izoh (0)