Tailandda so‘nggi hafta ichida Zika virusiga chalinishning 20 ta yangi holati aniqlandi. Ushbu ma’lumotlarni mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi e’lon qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Kasallikka chalinishning yangi holatlari mamlakatning to‘rtta provinsiyasida qayd etildi. Vazirlikning ma’lum qilishicha, barcha holatlar tibbiyot xodimlari va epidemiologlar nazorati ostiga olingan.
Bangkok ma’muriyatining xabar berishicha, 2016-yil boshidan buyon Tailand poytaxtida Zika virusiga chalinishning 8 ta holati aniqlangan edi. Shulardan ikkitasi homilador ayollarda kuzatilgan. Homilador ayollardan biri sog‘lom farzandni dunyoga keltirdi, ammo ona va bola hamon shifokorlar kuzatuvi ostida bo‘lib turibdi.
Avvalroq Tailand qirolligi joriy yilning yarmida mamlakatning 10 ta provinsiyasida 97 kishining Zika virusiga chalinishi haqida ma’lumot bergan. Keyinroq kasallik tufayli 6 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilingan.
2012–2015-yillar davomida Tailand hududida Zika virusiga chalinishning yiliga atigi 5 tagacha holati kuzatilar edi.
Izoh (0)