AQSh prezidentligiga Demokratlardan nomzod Hillari Klinton Rossiyaning mamlakatdagi prezidentlik saylovlariga aralashishi mumkinligi haqida gapirib, bu jiddiy tahdid tug‘dirishini ta’kidladi. Bu haqda, Bloomberg’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Klinton xonim AQSh siyosatiga chetdan birov aralishishi aqlga sig‘masligini tan oldi, shu bilan birga, uning fikricha, Putin va uning yordamchilari bundan qandaydir naf olish ilinjida.
“Biz hech kimning aralashuviga yo‘l qo‘ymasligimizni aniq tushunishimiz lozim”, — dedi u.
Izoh (0)