O‘tgan hafta Meksika ko‘rfazida yuzaga kelgan “Ermin” po‘rtanasi tufayli AQShda halok bo‘lganlar soni 3 kishiga yetdi. Bu haqda Janubiy Karolina shtati Kollenton okrugining yong‘in boshqarmasi vakillari ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Ma’lum bo‘lishicha, Junabiy Karolina shtatining shosselardan birida kuchli shamol oqibatida yo‘lga qulagan daraxtni chetga olmoqchi bo‘lgan erkak kishini mashina urib ketdi. U shifoxonaga yetkazildi va u yerda jon berdi.
Bundan avval tabiiy ofat ikki kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Florida shtatida qulagan daraxt uysiz kishining ustiga tushib, uni ezib qo‘ydi. Shimoliy Karolina shtatida kuchli shamol oqibatida ag‘darilgan avtofurgon haydovchisi halok bo‘ldi.
“Ermin” po‘rtanasi AQShda yuzlab xonadon va tashkilotlarni elektr tarmog‘isiz qoldirdi. Tabiiy ofat oqibatida ko‘priklar yopildi, 5-sentabr “Mehnat kuni” munosabati bilan bir qator konsert va bayram tadbirlari bekor qilindi. Nyu-Jersi, Florida, Jorjiya, Shimoliy Karolina, Virjiniya, Merilend va Delaver shtatlarida favqulodda vaziyat e’lon qilingan.
Izoh (0)