AQSh ma’muriyati Laos hududida amerikaliklar armiyasi bombardimonlaridan so‘ng portlamay qolib ketgan millionlab kassetali bombalarni zararsizlantirishga 90 million dollar yo‘naltiradi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
AP’ning bildirishicha, mablag‘lar uch yil davomida ajratib boriladi.
“Oxirgi 20 yil mobaynida AQSh bu choralarni amalga oshirishga 100 million dollar ajratdi, buning natijasida bombalar tufayli sodir bo‘layotgan o‘lim holatlarining yillik ko‘rsatkichlarini 300 dan 50 ka tushirishga imkon berdi”, — ma’lum qildi Oq Uy rasmiylari.
Izoh (0)