Liviya hukumati IShID jangarilariga qarshi kurashishda boshqa davlatlardan yordam so‘ragani yo‘q. Bu haqda mamlakat armiyasi qo‘mondoni Xalifa Haftar “RIA Novosti”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Rasmiy hokimiyat hozircha hech qanday yordam so‘rovlarini yo‘llagani yo‘q, biz so‘ragan yagona narsa qurol-yarog‘ embargosini to‘xtatish, qolganini esa o‘zimiz ta’minlaymiz. Bizda odamlar va qat’iyat, harbiy rejalar bor”, — ma’lum qildi Haftar.
BMT ko‘magida tashkil etilgan milliy kelishuv hukumati parlament tasdig‘idan o‘tmagan, armiya esa parlament bilan ittifoqlikda harakat qiladi. Shu bois Haftar o‘z intervyusida hukumat qarorlarini ko‘p bora tanqidga oldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)