Ozarbayjon poytaxti Boku mezbonlik qilayotgan 42-Butunjahon Shaxmat Olimpiadasining uchinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi Chexiyaga imkoniyatni boy berdi, deb yozdi “Olamsport”.
Musobaqaning dastlabki ikki kunida o‘zbekistonlik sportchilar Bruney va Dominikan Respublikasini bir xilda — 4:0 hisobida mag‘lub etgandi. Chexiyaga qarshi bahs esa 1:3 hisobi bilan o‘z yakuniga yetgan.
Jahonning 17-chempioni Rustam Qosimjonov David Navaraga qarshi dona surib, imkoniyatni boy berdi. Jahongir Vohidov esa Viktor Laznikdan yengildi. O‘zbekistonlik qolgan ikki shaxmatchi — Anton Filippov hamda Marat Jumayev raqiblari bilan durang o‘ynadi.
5-sentabr kuni Argentina terma jamoasiga qarshi dona suradigan o‘zbekistonlik shaxmatchilar Chexiyaga qarshi mag‘lubiyatdan keyin 62-o‘ringa tushib ketgani aytilgan.
Izoh (0)