Minsk kelishuvlari amalga oshmaguniga qadar AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilmaydi. Bu haqda AQSh prezidenti Barak Obama G20 sammiti doirasidagi matbuot anjumanida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.
“Biz Ukraina masalasini ham ko‘rib chiqdik. Men Minsk kelishuvlari hayotga tatbiq qilinmas ekan, AQSh sanksiyalarni bekor qilmasligini tushuntirdim. Yaqin haftalar ichida ikki tomon ham murosaga kelib, bu hujjat qanday ketma-ketlikda realizatsiya qilinishini kelishib olishi muhim”, — dedi Obama.
Ilgariroq Obama va Putin Suriya va Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilgani ma’lum bo‘lgan edi.
Izoh (0)