KXDR Yapon dengizi yo‘nalishida uchta ballistik raketa uchirdi. Bu haqda Janubiy Koreyaning “Ryonxap” agentligi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Shimol mahalliy vaqt bo‘yicha 12:14 atrofida (Toshkent vaqti bo‘yicha 08:14 da) Xvanxe-Pukto provinsiyasidagi Xvanchju uyezdidan uchta ballistik raketa uchirdi”, — deb ta’kidlanadi xabarda.
Raketalarning turi va ularning parvoz davomiyligi hozircha aniqlanmagan.
Raketalar XXR raisi Si Szinpin Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe bilan Xanchjoudagi G20 sammiti doirasida muzokaralar o‘tkazgandan bir necha soat o‘tib amalga oshirildi. Muzokaralarda, jumladan, KXDRning yadro-raketa muammosi ham muhokama etildi.
Izoh (0)