Argentinalik olimlar 170 million yil muqaddam yashagan pterozavr qoldiqlarini topdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ilmiy va texnik tadqiqotlar bo‘yicha milliy kengash (CONICET) tadqiqotchisi Diyego Polning Telam agentligiga ma’lum qilishicha, topilma o‘rmalovchilar evolyutsiyasining noma’lum bosqichini yaxshiroq o‘rganish imkoniyatini beradi.
Saqlanib qolgan qoldiqlar asosida pterozavr bosh chanog‘i rekonstruksiya qilindi. Tadqiqotchilar uning miyasi Mezozoy asri mobaynida uchishga qanday qilib o‘rganganini tushunishga urinmoqda. Ularning ta’kidlashicha, topilma evolyutsiyaning “oraliq halqasi” bo‘lishi mumkin.
Topilma mamlakat janubidagi Chubut provinsiyasi Serro-Kondor shaharchasi yaqinida aniqlandi. Bu Argentinadagi eng qadimiy pterozavr qoldiqlaridir.
Izoh (0)