Sayyoraning shimoliy yarim sharida 2016-yilda 1891-yildan buyon kuzatilgan eng issiq yoz bo‘ldi. Bu haqda, Rossiya gidrometereologiya markazi direktori Roman Vilfandga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Mutaxassislarning so‘zlariga qaraganda, Arktikada, AQSh va Xitoyda juda issiq yoz bo‘lgan. Rossiya bo‘ylab o‘rtacha havo harorati 2010-yili o‘rnatilgan rekorddan ancha yuqori bo‘lgan.
“Ishonmasligingiz mumkin, ammo 2010-yil yozi ancha issiqroq edi. Lekin u faqat moskvalik uchun nisbatan issiqroq kelgandi, omsklik uchun esa sovuq bo‘lgandi”, — ta’kidladi Vilfand.
Joriy yilning o‘ziga xosligi shundaki, butun Rossiya bo‘ylab havo harorati me’yoridan yuqori bo‘ldi.
Izoh (0)