Prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun iste’foga chiqqan sobiq Fransiya iqtisodiyot vaziri Emmanyuel Makron o‘z qarorining sabablarini tushuntirib berdi hamda amaldagi prezident Fransua Ollandni tanqid ostiga oldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Men harakatdan, takliflar kiritishdan va turtki berishdan to‘xtamadim... Muvaffaqiyatga erishish uchun ishni yarim qilmaslik kerak, ammo, afsuski, biz ko‘p ishni faqat yarmigacha bajardik. Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichini amalga oshirmaslik foydasiga tanlov qilindi, men buni yangi iqtisodiy imkoniyatlar to‘g‘risidagi qonun vositasida taklif qilgan edim”, — dedi u.
Makron prezident bilan teraktlardan so‘ng ixtilofga kirishgani haqida ham gapirdi. U avval boshidan Ollandning nuqtai nazariga qo‘shilmaganini va davlat rahbari bundan boxabar ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)