Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li va AQSh davlat kotibi Jon Kerri Xitoyda bo‘lib o‘tgan uchrashuv doirasida 75 yoshli diniy rahnamo, AQShda istiqomat qilib kelayotgan Fathulloh Gulenning Turkiyaga ekstraditsiyasi masalasini muhokama qildi. Bu haqda, Anadolu agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Diplomatik idoralar rahbarlari 4–5-sentabr kunlari Xanchjouda bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida ishtirok etish uchun XXRga tashrif buyurdi. Sammit arafasidagi norasmiy uchrashuvlardan birida ular Gulenni Turkiyaga qaytarish masalasini ko‘rib chiqqani aytilmoqda.
Bundan tashqari, Suriyadagi oxirgi voqealar hamda Turkiyaning u yerdagi operatsiyasi suhbat mavzusi bo‘ldi.
Izoh (0)