XXR raisi Si Szinpin O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga hamdardlik bildirdi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi xabar bermoqda.
“Rais Si Szinpin Xitoy hukumati va xalqi nomidan bu borada O‘zbekiston xalqiga hamda Prezident Karimovning yaqinlariga chuqur qayg‘usini va samimiy hamdardligini bildirdi”, — deyiladi telegrammada.
“Xitoy O‘zbekiston bilan ikki tomonlama strategik hamkorlikni yuqori baholaydi. Biz O‘zbekiston tomoni bilan birgalikda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishni, ikki davlat va xalq manfaati yo‘lida faolroq harakat qilishni rejalashtirmoqdamiz”, — ta’kidladi Xitoy rahbari.
Izoh (0)