Malining markaziy qismida 2-sentabr, juma kuni qurollangan jangarilar kichikroq Boni shaharchasini qo‘lga oldi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, jangarilar otryadi shaharga bostirib kirib, otishmani boshlagan. Yuzaga kelgan kurash oqibatida hukumat qo‘shinlari chekinishga va Boni shaharchasini tark etishga majbur bo‘lgan.
Hozircha aholi punktini aynan qaysi guruh qo‘lga olganligi haqida aniq ma’lumot yo‘q. Jangarilar Boni meriyasi va jandarmeriyasi binosiga o‘t qo‘yganligi ma’lum. Mahalliy aholi ba’zi bino va uylarda jangarilar bayrog‘i ko‘tarilganligini ta’kidlamoqda.
Izoh (0)