Liviya harbiylari IShID terrorchi guruhiga mansub jangarilarning Sirt shahridagi oxirgi nuqtalarining qamal ostidaligini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Terrorchilarga qarshi operatsiya bir necha oydan buyon davom etmoqda. 28-avgust kuni harbiylar Sirtning IShID qo‘li ostidagi ikki oxirgi zonasiga hujumni boshladi.
Shahar 2015-yilda IShID qo‘liga o‘tgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)