Rossiya olimpiya qo‘mitasi prezidenti Aleksandr Jukov rossiyalik paralimpiyachilarning Xalqaro paralimpiya qo‘mitasiga kiritgan individual tartibdagi arizalari rad etilganini ma’lum qildi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Rossiya paralimpiya terma jamoasi doping mojarosi bilan bog‘liq ravishda 2016-yilgi o‘yinlardan chetlashtirilgan edi. Shu bois sportchilar yakka tartibda o‘yinlarda ishtirok etish maqsadida arizalar kirita boshladi. Ammo, endilikda ma’lum bo‘lishicha, arizalardan birortasi o‘tmagan.
“Paralimpiyachilarimizning individual da’volari ham qaytarildi. Bu g‘ayriinsoniy ishdir”, — dedi Jukov.
“O‘z-o‘zidan tushunarliki, bu vaziyat ulkan siyosiy bosimdan boshqa narsa emas”, — qo‘shimcha qildi u.
Izoh (0)