2-sentabr, juma kuni Uzoq Sharqda rossiyalik va chet ellik investorlar bilan uchrashgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoyda Rossiya muzqaymog‘i sevib iste’mol qilinishi, biroq uning XXRga eksporti go‘yoki cheklanganligini bilib hayratlanganligini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Uchrashuv ishtirokchilaridan biri, Xitoy biznesi vakili Rossiya muzqaymog‘i XXRda sevib iste’mol qilinishi, biroq uni Xitoyga katta partiyada olib kirish taqiqlanganligini ma’lum qildi. U bunday taqiqning sababiga aniqlik kiritmadi, biroq Rossiya prezidentini ushbu muammoni hal etishga chaqirdi.
“Siz go‘yoki muzqaymoq millat mulki yoki madaniy boylik bo‘lgani kabi uni olib kirishga taqiq haqida ma’lum qilib, meni hayron qoldirdingiz. Bu haqda birinchi marta eshitishim”, — dedi u.
“Agar uni topish shunchalik qiyin bo‘lsa, bundan keyin Xitoyga tashrif buyurgan paytlarimda XXR raisi Si Szinpinga maxsus sovg‘a tariqasida muzqaymoq olib kelaman”, — dedi tabassum bilan Rossiya rahbari.
Izoh (0)