Hindistonning Nyu-Dehli shahrida AQSh davlat kotibi Jon Kerri to‘xtagan Leela Palace mehmonxonasida pichoq bilan qurollangan ruhiy xasta mahalliy fuqaro janjaldan so‘ng qo‘lga olindi. Bu haqda Nyu-Dehli politsiyasi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Huquq-tartibot xodimlarining ma’lum qilishicha, Hindiston shimolidagi Xaryana shtatining 53 yoshli fuqarosi Uday Rada 31-avgust kechki payt, adekvat bo‘lmagan xatti-harakatlari uchun besh yulduzli mehmonxonaning xavfsizlik xizmati va politsiya xodimlari tomonidan binodan chiqarib yuborilishi vaqtida janjal qilganida hibsga olindi.
Tintuv vaqtida qo‘lga olingan fuqaroda pichoq aniqlandi, ammo so‘roq qilish davomida u pichoqni shaxsiy xavfsizligi nuqtai nazaridan olib yurishini hamda mehmonxonada AQSh davlat kotibi to‘xtaganidan xabari yo‘q ekanini aytdi.
Tartibbuzarga nisbatan “O‘z vazifasini bajarishi chog‘ida davlat xizmatchisiga hujum qilish” hamda “Qurol bilan tahdid qilish” moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Hindiston TIVning ma’lum qilishicha, AQSh davlat kotibi Jon Kerri Hindistonning chorshanba kuni tark etishi kerak edi, ammo u Nyu-Dehlida juma yoki shanba kunigacha qolishga qaror qilgandi. Shundan so‘ng u Xitoyning Xanchjou shahriga, G20 sammitiga yo‘l olishi kerak.
Izoh (0)