5-sentabr, dushanbadan boshlab “Toshkent—Andijon—Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab “O‘zbekiston” poyezdining muntazam harakati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ axborot xizmati xabar bermoqda.
Masofa olti soatda bosib o‘tiladi: poyezd Toshkent markaziy vokzalidan 8:05 da jo‘nab ketib, Andijon vokzaliga 14:05 da yetib boradi. 15:25 da esa Andijondan ortga qaytib, 21:25 da poytaxtga kirib keladi. Poyezd Pop, Qo‘qon va Marg‘ilon vokzallarida to‘xtab o‘tadi.
Vagonlar uch toifaga bo‘lingan: Econom — 45 ming so‘m, Business — 68 ming so‘m va VIP — 130 ming so‘m. Yangi yo‘nalish haqidagi batafsil ma’lumotni 1005 qisqa raqamidan bilish mumkin.
Izoh (0)