AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampning Nyu-York shahridagi Trump Tower osmono‘par binosi pochta bo‘limida oq rangli shubhali kukun aniqlandi. Binoda trevoga e’lon qilindi, ammo odamlar evakuatsiya qilinmadi. Bu haqda AP agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 31-avgust, mahalliy vaqt bilan 16:00 da sodir bo‘ldi. Shubhali kukun ekspertiza uchun laboratoriyaga yuborildi va uning xodimlari kukunni zararsiz deb topdi.
Izoh (0)