Gabonda prezidentlik saylovlari rasmiy natijalarining e’lon qilinishiga qarshi namoyishga chiqqan muxolifat tarafdorlari mamlakat poytaxti Librevilda Milliy assambleya (parlamentning quyi palatasi) binosiga o‘t qo‘ydi. Bu haqda AFP agentligi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Hodisa guvohlarining ma’lum qilishicha, bino butunlay olov ichida qolgan.
Saylov qo‘mitasi amaldagi davlat rahbari Ali bin Bongo Ondimba 49,80 foiz ovoz olib, g‘olib bo‘lganligini e’lon qilgandan so‘ng Librevilda g‘alayon boshlanib ketdi. Uning asosiy raqibi 73 yoshli Jan Ping uchun saylovchilarning 48,23 foizi ovoz bergan.
Bongo Ondimbaning g‘alabasini tan olishdan bosh tortgan Ping tarafdorlarining namoyishi politsiya kuchlari bilan to‘qnashuvga aylanib ketdi. Huquq-tartibot organlari xodimlari olomonni tarqatib yuborish uchun ko‘zni yoshlantiruvchi gaz va shovqinli granatalarni qo‘lladi.
Izoh (0)