“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi yaqinda qabul qilib olingan Boeing-787 Dreamliner samolyotida 5-sentabrdan boshlab muntazam reyslarni amalga oshirishni boshlaydi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Aviakompaniya matbuot xizmatiga ko‘ra, Boeing-787 Dreamliner ichki reyslarni bajarishda foydalaniladi. Jumladan, Toshkent—Urganch—Buxoro—Toshkent va Toshkent—Nukus yo‘nalishida parvoz qiladi.
Izoh (0)