AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp Meksika prezidenti Enrike Penya Nyetoning mamlakatga tashrif buyurib, shaxsan uchrashish taklifini qabul qildi. Bu haqda 31-avgust, chorshanba kuni “TASS” xabar berdi.
“Meksika prezidenti Enrike Penya Nyetoning taklifini qabul qildim va u bilan ertangi uchrashuvni kutyapman”, – deb yozdi milliarder Twitter’dagi sahifasida.
Avvalroq The Washington Post gazetasi Trampning Meksikaga tashrifi haqidagi rejalarini ma’lum qilgandi. “Tramp chorshanba kuni Mexikoga yo‘l olib, mamlakat prezidenti Nyeto bilan uchrashish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Uchrashuv Trampning Arizonadagi chiqishidan bir necha soat oldin bo‘lib o‘tishi mumkin”, – deyilgandi xabarda.
Izoh (0)