Amerikalik taniqli boks promouteri Don King Bermeyn Stivern va Aleksandr Povetkin o‘rtasida WBC unvoni uchun jang tashkil etishni taklif qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Kingning so‘zlariga qaraganda, u bokschilar AQShda emas, Rossiyada uchrashishiga qarshi chiqmaydi, chunki RF prezidenti Vladimir Putin uning yaxshi do‘stidir.
“Men bu jangni bajonudil tashkillashtirgan bo‘lardim. Biz bu ishni AQShda, Rossiyada va hatto Afrikada qilishimiz mumkin”, — dedi u.
“Rossiya prezidenti Vladimir Putin — mening do‘stim. Shuningdek, men Donald Trampning katta muxlisiman. Balki AQSh prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasidan so‘ng u Putin bilan jangni ko‘rishga kelar. Prezident Tramp va prezident Putin ringsayd oldida. Siz buni tasavvur qila olasizmi?” — dedi promouter.
Izoh (0)