Boeing 747 yo‘lovchi samolyotini ishlab chiqargan guruhning yetakchi muhandisi Jo Satter 30-avgust, seshanba kuni 95 yoshida vafot etdi. Bu haqda Amerikaning Boeing aviakorporatsiyasi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Jo 60-yillarning o‘rtasida Boeing 747 samolyotini ishlab chiqargan muhandislar jamoasiga boshchilik qilgan. Ular xalqaro parvozlarni amalga oshirish imkonini tug‘dirdi va dunyoni birlashtirishga ko‘mak berdi”, — dedi “Boeing — Fuqarolik samolyotlari” bosh direktori Rey Konner.
Satter 1986-yilda nafaqaga chiqqandan so‘ng Sietldagi Boeing kompaniyasida maslahatchi bo‘lib ishlagan.
Birinchi ommabop ikki palubali — keng korpusli Boeing 747 samolyoti 1970-yildan boshlab ishlab chiqarilmoqda.
Izoh (0)