Amerikalik maktab o‘quvchisi Cheyz Vili gazli ichimliklar — Mountain Dew va Coca-Cola’dan qaysi biri inson tishlariga ko‘proq zarar keltirishini tekshirib ko‘rdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Buning uchun Cheyz singlisining sut tishlarini olib, ularni uch hafta mobaynida ichimliklar ichida ushlab turdi.
Ushbu o‘ziga xos tadqiqot natijalariga ko‘ra, tarkibida limon kislotasi bo‘lgan Mountain Dew inson tishlarini tezroq yemiradi. Coca-Cola’da esa noorganik asosli fosfor kislotasidan foydalaniladi.
Eksperiment natijalari taniqli videobloger Tom Skot tomonidan YouTube’ga joylashtirdi.
Izoh (0)