Haqiqiy halol odamlar murakkab hayotiy vaziyatlarda ham o‘zining axloq qoidalarini o‘zgartirmaydi. Tailandlik 44 yoshli uysiz fuqaro Varalop aynan shunday insonlardan biri ekanligini ko‘rsatdi. U metro stansiyasidan hamyon topib oldi va uni egasiga qaytarishga shoshildi, deya xabar bermoqda AdMe.
Uysiz erkakning taomga zo‘rg‘a yetadigan mayda pullari bo‘lsa-da, u hamyondagi 20 000 bat (580 dollar) va kredit kartalaridan foydalanishga harakat qilmagan. Topib olgan pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatishning o‘rniga, Varalop topilmani politsiya uchastkasiga olib bordi.
Hamyonning egasi fabrika sohibi 30 yoshli Niiti Pongkraynyos ekanligi aniqlandi. U uysiz odamning vijdonliligidan hayratga tushdi. Niiti minnatdorlik tariqasida pullarni Varalopga bermoqchi bo‘ldi, biroq bu yetarli emas degan qarorga keldi. Shuning uchun erkakka o‘z fabrikasidan ish va xizmat kvartirasi berdi.
Endi sobiq uysiz erkak oyiga 11 000 bat (317 dollar) ishlab topmoqda.
Izoh (0)