Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Barak Obama Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tadigan G20 sammitida umumiy doirada uchrashadi. Bu haqda Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov bayonot berdi, deb xabar qilmoqda “RBK”.
“O‘z-o‘zidan, G20 da ular u yoki bu shaklda forum doirasida uchrashadi”, — ta’kidladi u, jurnalistlarning bu boradagi savoliga javob berarkan.
Peskovning ta’kidlashicha, ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazish-o‘tkazmaslik qarorini davlat rahbarlari mustaqil ravishda qabul qiladi.
Izoh (0)