O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Namunali harbiylar oilasi” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda O‘zA.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlab ilk bor Mudofaa, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari oilalari o‘rtasida tashkil etilgan tanlovda ishtirokchilar uchta shart bo‘yicha bahs olib bordi.
Ko‘rik-tanlov natijasiga ko‘ra, Mudofaa vazirligidan serjant F.Ahmedov oilasi, Ichki ishlar vazirligidan mayor O.Aliqulov oilasi, Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlaridan katta leytenant R.Kenjayev oilasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligidan serjant V.Abduqodirov oilasi turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib deb topildi.
G‘olib va sovrindorlar maxsus diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Izoh (0)