Navoiy viloyatining Buzaubay qo‘rg‘onida 29-avgust, dushanba kuni havo harorati +39 darajagacha ko‘tarildi. “O‘zgidromet” markazi axborotiga ko‘ra (pdf), bu O‘zbekistonda shu kuni qayd etilgan eng yuqori havo harorati bo‘ldi.
O‘zbekistonning yirik shaharlari va viloyat markazlari orasida eng yuqori havo harorati Nukus va Termiz shaharlarida qayd etildi — +37.
Shu kuni Samarqand, Namangan, Farg‘ona shaharlarida havo haroratining eng yuqori ko‘rsatkichi +33 darajani, Jizzax, Guliston, Andijon shaharlarida +34 darajani, Toshkent, Navoiy shaharlarida +35 darajani, Urganch, Buxoro, Qarshi shaharlarida +36 darajani tashkil etdi.
Qamchiq dovonida havo harorati +23 darajadan, Chimyonda esa +26 darajadan oshmagan. Eng kuchli, soniyasiga 12 metr tezlikdagi shamollar Qoraqalpog‘istonning Jasliq hududida esgan. Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahri va Qamchiq dovonida biroz yomg‘ir yoqqan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)