Turkiya rasmiylari mamlakat terma jamoasi va Rossiya jamoasining o‘rtoqlik uchrashuvi davomida xavfsizlikni ta’minlashga kafolat berdi. Bu haqda Rossiya sport vaziri, Rossiya futbol ittifoqi prezidenti Vitaliy Mutko jurnalistlarga ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Turkiya bilan munosabatlarimiz yaxshilanmoqda, cheklovlar olib tashlanmoqda. Rossiya — Turkiya o‘yinida barcha xavfsizlik kafolatlari taqdim etilgan. Turkiya rasmiylari tomonidan xavfsizlik choralari kafolatlangan”, — dedi u.
U, shuningdek, barchasi yaxshi bo‘lsa, uchrashuvga tashrif buyurishni rejalashtirayotganligini ma’lum qildi.
Turkiya — Rossiya o‘rtoqlik o‘yini 31-avgust kuni Antaliyada bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)