“Gazprom” 31-avgustdan e’tiboran “Turk oqimi” gaz quvuri qurilishi ishlarini qaytadan boshlash bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklaydi. Bu haqda, kompaniya boshqaruvi raisi o‘rinbosari Aleksandr Medvedevga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
“Muzokaralar amalda boryapti, bu jarayon Turkiya iqtisodiyot vazirining Rossiya energetika vaziri bilan uchrashuvida boshlangan edi. Jarayonni qayta tiklash borasida kelishuvga erishilgan edi. ‘Gazprom’ boshqaruvi raisi Aleksey Miller ertaga Turkiyaga safar qilishi kutilmoqda. Men ham u yerga ketyapman, jarayon amalda ishga tushdi”, — dedi Medvedev.
Loyiha ustidagi ishlar qaytadan boshlab yuborilishi haqida bir muddat ilgari Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)