“Bavariya” klubining polshalik hujumchisi Robert Levandovski Bundesliga rekordini o‘rnatdi, deb xabar berdi “Chempionat”.
Levandovski “Bavariya” safidagi 64-uchrashuvida o‘zining 50-golini urishga muvaffaq bo‘ldi. 26-avgust kuni start olgan Bundesliganing 2016/17-yilgi mavsumi 1-turida hujumchi xet-trik qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.
Levandovskidan keyingi ikki natija “Bavariya”ning sobiq futbolchisi Roy Makkay hamda “Gamburg”ning sobiq a’zosi Uve Zeelerga tegishli. Har ikki futbolchi 50 ta gol urish uchun 67 ta o‘yinda maydonga tushgan.
“Bavariya” klubining afsonaviy futbolchilaridan biri sifatida tilga olinadigan Gerd Myullerga 50 ta gol urish uchun 83 ta bellashuv kerak bo‘lgan.
Izoh (0)