Kanadaning Vinnipeg shahrida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida kri elatiga mansub ikki kanadalik tug‘ruqxonada adashtirib yuborilgani bois 41 yil davomida bir-birining oilasida yashagani haqida ma’lumot berildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
Ular 1975-yilda dunyoga kelishi hamon adashtirib yuborilgan edi, deyiladi CBC News xabarida.
Matbuot anjumanida DNK testi natijalari oshkor etildi. Unga ko‘ra, Leon Svenson va Kichik Devid Teyt rostan ham bir-birining ota-onasi tomonidan tarbiyalangan.
“Gapirishga til ojiz. 41 yil o‘tdi... Men nima deyishga hayronman”, — dedi Teyt.
Izoh (0)