O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Aleksandr Geynrix Qozog‘iston chempionatining 3-turida o‘z nomiga gol yozib qo‘ydi. Bu haqda “Championat.asia” sayti xabar berdi.
Geynrix harakat qiladigan “Ordabasi” klubi o‘z maydonida “Qayrat”ni qabul qilib, 2:1 hisobida ustun keldi. Uchrashuvni boshlang‘ich tarkibda o‘tkazgan o‘zbekistonlik hujumchi 47-daqiqada hisob ochuvchi golga mualliflik qildi.
Ma’lumot uchun, “Qayrat” safida Rossiya milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Andrey Arshavin to‘p suradi.
Izoh (0)