O‘zMTRKning “Sport” telekanali futzal bo‘yicha Jahon Chempionati—2016 bellashuvlarini translyatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Championat.asia” xabar berdi.
JCh—2016 da tarixda ilk bor O‘zbekiston futzal terma jamoasi ishtirok etadi. Xose Mariya Mendes murabbiylik qilayotgan jamoa turnirning “A” guruhida Kolumbiya, Portugaliya va Panamaga qarshi kurash olib boradi.
11-sentabr kuni tongi 04:00 da O‘zbekiston termasi mundialdagi ilk uchrashuvini Panamaga qarshi o‘tkazadi.
Izoh (0)