• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    Har bir mamlakatning asl xarakterini ko‘rsatib beruvchi 10 ta joy (fotogalereya)

    Dunyoning mashhur shaharlari sayyohlarga ko‘plab taassurotlar in’om etadi. Ammo har bir mamlakatda, xuddi teatrda bo‘lgani kabi, qandaydir muhim narsa sahna ortida qoladi. Poytaxtlardan uzoqlasharkanmiz, o‘zimiz uchun tub aholining odatlari, chiroyli mitti manzillar, o‘tgan asrlarning g‘aroyib inshootlari, ajoyib etnik uychalar va tabiatning hayratomuz burchaklarini kashf qilamiz. AdMe mamlakatning asl xarakterini ko‘rsatib beruvchi 10 ta provinsial manzillarga virtual sayohat qilishga taklif etadi.

    1.Ivuar, Fransiya

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Ivuar qishlog‘ining yoshi 700 yildan oshadi. Urushlar va tabiiy ofatlarga qaramay, qishloq o‘zining tarixiy qiyofasini saqlab qolgan. Jeneva ko‘li yaqinida Savoy grafi Amadey V tomonidan qurilgan kichik qasr joylashgan. Tosh yotqizilgan yo‘llar, shinam qadimiy uylar, bejirim gulzorlar… Bunday joy Fransiyaning eng chiroyli qishloqlari uyushmasiga kirmasligi mumkin emasdi!

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    2.Kenguru oroli, Avstraliya

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Kenguru orolini ham kattalar, ham bolalarni jalb qiluvchi joylarga kiritish mumkin. Hududning uchdan birini qo‘riqxona va milliy bog‘lar tashkil qiladi. Sizni ulkan qoya va yashil kengliklar fonidagi azim manzaralar lol qoldiradi. Bu yerda sayr chog‘ida kenguru, echkemar, koala, o‘rdakburun, shuningdek, turli qushlarni uchratish mumkin. Okean suvlarida esa delfin va tyulenlar o‘ynoqlaydi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    3.Burtanj qal’asi, Niderlandiya

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Burtanj qal’asi yoki “Yulduzli qal’a” mamlakat Ispaniya imperiyasidan mustaqil bo‘lib ajralib chiqish uchun kurashgan Sakson yillik urush davrida qurilgan. Me’morlar artilleriyadan himoyalanish uchun yangi turdagi istehkomni o‘ylab topgan. Urushdan keyin bastion tashlab qo‘yilgan, so‘ng uni yana mustahkamlab, kengaytirishdi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    4.Devonshir, Angliya

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Devon Angliyadagi manzarali graflik bo‘lib, Bristol ko‘rfazi va La-Mansh bo‘g‘ozi bilan o‘ralgan. Qachonlardir bu yerda kelt xalqi yashaydigan Dumnoniya bo‘lgan. Devon ko‘rfazlarida kurortlar, baliqchilik qishloqlari va portlar joylashgan. “Detektivlar qirolichasi” Agata Kristi aynan Devonda tug‘ilgan. Shuningdek, Artur Konan Doylning “Baskervillar iti” kitobida hikoya qilingan voqealar ham shu yerda sodir bo‘ladi. Bu yerda mamlakatning asl yuzi fosh bo‘ladi va uning jiddiy vazminlik, rang-barang landshaftlar, shinam uylar va sirli yo‘llardan iborat qiyofasini ko‘rishingiz mumkin.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    5.Xokkaydo oroli, Yaponiya

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe
    Yaponiyaliklar Xokkaydo orolida yorqin taassurotlar beruvchi ko‘plab joylarni yaratdi, bular — tog‘ cho‘qqisidagi balandliklar, lavanda dalalari, tog‘-chang‘i qiyaliklari va Moviy ko‘l. Yana, bu yerda faqat shu yerda yashaydigan jozibali jonivor — edzo momongani ko‘rish mumkin.

    6.Monsanto, Portugaliya

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Monsanto shaharchasi granit valunlari (yumaloq katta tosh) ortiga yashiringan. Ammo manzara ochilgach, tog‘lar, yam-yashil o‘tloqlar, cherepitsa tomlar, tosh yo‘laklar sizni hayratda qoldiradi. Qachonlardir Monsanto Beyra-Baysha provinsiyasi markazi bo‘lgan. Sakkiz yuz yil ichida mahalliy landshaft ko‘p ham o‘zgargani yo‘q, shu tufayli, shaharcha 1938-yilda “Portugaliyaga eng xos bo‘lgan qishloq” deb e’tirof etilgan. Bu yerda izg‘ib yurishning o‘zi huzur-halovat bag‘ishlaydi, mahalliy taomlarni esa ulkan tosh ostida joylashgan restoranda tatib ko‘rish mumkin.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    7.Xobbiton, Yangi Zelandiya

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Fentezi qishloq qo‘y fermasida bir yil ichida 400 kishining kuchi bilan mashhur “Uzuklar hukmdori” trilogiyasini suratga olish uchun tashkil qilingan. Film ustidagi ishlar yakunlangach, qishloqcha bir qancha vaqt bo‘sh qoldi. Ammo tez orada bu yerga asar muxlislari xobbitlar inlarini, “Yashil ajdar” pabi, ravoqsimon ko‘prik, tegirmon kabi haqiqatga aylantirilgan rang-barang obyektlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishga kela boshladi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    8.Titikaka ko‘li, Peru/Boliviya

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Mahalliy aholi uchun Titikaka ko‘li — muqaddas. Uning nomi hindular tilida “tog‘ pumasi” degan ma’noni anglatadi. Olimlar fikricha, ko‘l millionlab yillar avval qadimiy dengiz bo‘lgan: uning suvlarida haligacha dengiz baliqlari, qisqichbaqasimonlar va hatto akulalar suzib yuradi, tog‘ yonbag‘irlarida esa qirg‘oqqa uriladigan to‘lqinlar izlari saqlangan. Titikakuga 300 ga yaqin daryo kelib quyiladi. Shuningdek, ko‘lda qamishdan yasalgan va uru qabilalari yashaydigan noodatiy suzar orollarni ko‘rish mumkin. Ushbu ko‘chma qishloqlardagi hayot tarzi so‘nggi asrlar ichida deyarli o‘zgarmagan.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    9.Gastelugache oroli, Ispaniya

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    San Xuan de Gastelugache oroli Biskay ko‘rfazi qirg‘oqlarida joylashgan. Uni qit’a bilan tor zina yo‘lak birlashtiradi, u 237 ta pillapoyadan iborat. Orolda yoshi qariyb 11 asrga teng ibodatxona joylashgan. Gastelugachening hayratomuz manzarasi bir umrga xotirangizga muhrlanadi, ko‘m-ko‘k to‘lqinlar va musaffo shamol esa kishini o‘zgacha energiya bilan to‘ldiradi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    10.Shefshauen, Marokash

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    “Ko‘k shaharcha” Shefshauen Rif tog‘lari yonbag‘irlari bo‘ylab joylashgan. Bu yerda go‘zal manzaralar ham, qadimiy me’morchilik ham, san’at asarlari ham ko‘zni quvnatadi. Ammo e’tiborga loyiq asosiy narsa — hayratomuz rang! Ko‘k rangning och havorangdan to‘q moviy ranggacha bo‘lgan tuslarini ko‘rish mumkin.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe
    28.08.2016, 09:00   Izoh (0)   70855
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Qo‘shni davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlash lozim” — Eron prezidenti

    Dunyo | 27 iyul, 15:48

    Levandovski kelajagi borasida gapirdi

    Sport | 27 iyul, 15:25

    Islom Maxachev navbatdagi jangi sanasini e’lon qildi

    Sport | 27 iyul, 15:18

    Buyuk Britaniya G‘azoga gumanitar yordam yuboradi

    Dunyo | 27 iyul, 14:40

    “An-Nassr” Feliksni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi

    Sport | 27 iyul, 14:00

    Oliy ta’limni bitirganlar nega og‘ir ahvolda qolmoqda? O‘zi diplom kerakmi?

    O‘zbekiston | 27 iyul, 13:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.