Kanada politsiyasi Torontoda uch kishini arbaletdan otib o‘ldirilgan 35 yoshli Brett Rayanga qotillik bo‘yicha ayblov e’lon qildi. Bu haqda 26-avgust, juma kuni AP agentligi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.
Ayblanuvchi sentabr boshiga qadar qamoqda saqlanadi, shundan so‘ng sud oldida javob beradi.
Agar uning aybi o‘z isbotini topsa, unga og‘irlashtiruvchi vaziyatlarda qasddan odam o‘ldirish jinoyati uchun jazo xavf soladi.
Jinoyatchini qotillikka undagan sabablar haqida hech narsa ma’lum emas.
Izoh (0)